Destination B1

Kanal Zoir Akramov tomonidan yuritiladi (ha, ko’pchiligingiz bilgan o’sha Destination A1, A2, B1, B2 va C1&C2 tarjimalarini yaratgan ustoz).

Pinned:
•Destination A1, A2, B1, B2 tarjimalari 🔥
•Destination A1: Answer Keys ⚡
•Destination A2: Answer Keys 🏆

View in Telegram

Recent Posts

Qiziq voqea bo'ldi

Hozirgina biroz avval univerdan chiqib yo'lda ketayotgandim. O'zi odatda tez-tez katta qadam tashlab yuraman. Ko'pincha hayolimda nimadir bo'ladi. Yuzimda jiddiy yoki jahldorroq qiyofa (hech bo'lmaganda o'zimga shunday tuyuladi 😅). Tashqaridan ko'rgan odam jangga otlangan deb o'ylaydi (endi biroz oshirib yubordima 😁, aybga buyurmaysiz). Xullas, shunaqa.

Yo'lda ketayotsam, bir bola to'xtatib qoldi, qo'l uzatdi. O'yga tolganimdan, birdan hayron bo'ldim. Qo'lini siqdim. Hayolda aylanyapti: "bu bola kim edi, bitta univerda o'qirmikinmiz, online kursimda o'quvchim bo'lganmikin, Destination B2 kitobimni sotib olganlardanmikin, kanalim obunachisimikin..." Xullas, shu o'ylarni hammasi 2 sekundda miyada aylandi 😇.

Keyin esa, savol so'rab qoldi:
–Aka universitetda o'qiysizmi?
–Ha.
–Qaysinisida?
–Westminsterda.
–Qoyilman, aka, har kim ham kirolmaydi u yerga.
–Rahmat.
–Aka xursand bo'lib yuring.

Men hayron bunday gapdan 😳. O'yga botib ketayotganimda unga xafa ko'ringanman chog'i. Yonida birga ketayotganlar ham jo'r bo'lib "Hayotdan xursand bo'lib yashang, aka" deb qolishdi. Shundan keyin meni hayolimga birinchi kelgan narsani aytdim: "Bloggermisizlar deyman?" Ko'zlarim bilan kiyimlariga qadalgan kichkina kamerachalarni qidirib ko'rdim, ko'rinmadi.

Xullas, "ho'p-ho'p, hayolga berilib ketayotib, sizga shunday ko'ringan bo'lsam kerak, aslida bizdan baxtli odam yo'q, bo'ldi bundan keyin kulib yuraman" deb xayrlashdik. 😀

Shu edi qiziq voqea. Siz ham tabassum qilib yuring, o'zingizni ehtiyot qiling. 🤲
Word patterns
adjectives
•Wrong about - haqida noto'g'ri fikrda
•Wrong with - bilan biron bir muammo bo'lmoq

verbs
•Belong to - ga tegishli bo'lmoq
•Borrow sth from - dan qarzga olib turmoq
•Buy sth from - dan sotib olmoq
•Choose between - bittasini tanlamoq
•Compare sth to/with - bilan solishtirmoq
•Decide on - tanlamoq = choose
•Lend sth to - ga qarzga berib turmoq
•Pay for - uchun to'lamoq
•Spend sth on - ga sarflamoq

nouns
•An advert(isement) for - uchun ishlab chiqarilgan reklama

👉Namuna gaplar uchun "Comments" bo'limiga o'ting.👇

Channel:@destination_vocabulary
Word formation
•Add - qo'shmoq
•Addition - qo'shilish, bilan birga; qo'shish amali (matematika)

•Afford - puli yetmoq
•Affordable - hamyonbop, juda qimmat ham, arzon ham emas

•Compare - solishtirmoq
•Comparison - taqqoslash

•Decide - qaror qilmoq
•Decision - qaror

•Expense - harajat
•Expensive - qimmat
•Inexpensive - arzon = cheap

•Judge - hakamlik qilmoq
•Judgement - hukm, qaror

•Serve - xizmat ko'rsatmoq
•Service - xizmat, xizmat ko'rsatish
•Servant - xizmatkor

•True - rost, to'g'ri, haqiqat
•Truth - haqiqat
•Untrue - yolg'on, haqiqat emas, rost emas
•Truthful - haqiqatni gapiradigan

•Use - foydalanmoq
•Useful - foydali
•Useless - foydasiz

•Value - baholamoq, narxlamoq
•Valuable - qimmat

👉Namuna gaplar uchun "Comments" bo'limiga o'ting.👇

Channel:@destination_vocabulary
Prepositional phrases
•By credit card/cheque - kredit karta/chek orqali
•For rent - ijara uchun
•For sale - sotuvda, sotish uchun
•In cash - naqd pulda
•In debt - qarzda
•In good/bad condition - yaxshi/yomon holatda

👉Namuna gaplar uchun "Comments" bo'limiga o'ting.👇

Channel:@destination_vocabulary
Phrasal verbs
•Add up - jamini hisoblamoq
•Come back (from) - (dan) qaytib kelmoq
•Give away - bepul berib yubormoq
•Hurry up - shoshilmoq
•Pay back - pulni qaytarmoq
•Save up (for) - biron bir maqsadda pul saqlab qo'ymoq
•Take back - olgan joyiga qaytarib qo'ymoq
•Take down - pastga olmoq

👉Namuna gaplar uchun "Comments" bo'limiga o'ting.👇

Channel:@destination_vocabulary
Destination B1. UNIT 15. BUYING AND SELLING
Topic vocabulary
•Advertisement - reklama
•Afford - puli yetmoq
•Bargain - arzonroqqa sotib olingan narsa
•Brand - brend
•Catalogue - katalog
•Change - mayda pul, tangalar
•Coin - tanga
•Cost - (narxga nisbatan) turmoq
•Cost - narx
•Customer - xaridor
•Debt - qarz
•Demand - talab qilmoq
•Export - eksport qilmoq, boshqa davlatga sotmoq
•Fee - haq, to'lov
•Fortune - katta miqdordagi pul
•Import - import qilmoq
•Invest - pul kiritmoq, sarmoya kiritmoq
•Obtain - olmoq, erishmoq
•Owe - qarz bo'lmoq
•Own - ega bo'lmoq
•Profit - foyda
•Property - mol-mulk
•Purchase - sotib olmoq
•Receipt - kvitansiya, chek
•Require - talab qilmoq
•Sale - chegirma, aksiya
•Save - saqlamoq
•Select - tanlamoq
•Supply - ta'minlamoq
•Supply - ta'minot, zaxira
•Variety - turli-tuman, har xil
•Waste - isrof qilmoq
•Waste - isrofgarchilik

👉Namuna gaplar uchun "Comments" bo'limiga o'ting.👇

Channel:@destination_vocabulary
#sorry

Kayfiyatingizni tushirgan bo'lsam uzrku, lekin mana shu test noto'g'ri tuzilib qolibdi. Ozib-yozib bir ChatGPT ga ishim tushgandi. "Jon ukam, Articles mavzusida 15 ta B1-B2 darajadagi testlar tuzib bersangchi..." degandim. Uyam "ho'p bo'ladida bratim" deb testlarni birin-ketin jo'natgandi. Shu Mount Everest haqidagi testni noto'g'ri tuzib qo'yibdi. O'quvchim Ms Aminova xatosini sezib qolib menga aytmaganlarida, men ham sezmay qolaverar ekanman. Keyin Chat jiyanchani qulog'idan tortib urushib qo'ydim. 😀

To'g'ri javob: D – no article.
Agar siz "the" variantni belgilab to'g'ri topdim deb o'ylaganlardan bo'lsangiz, yuqoridagi testlarga bittadan reaksiya bosib qo'ying 😅.
Nechta topa oldingiz

10 ta 💯
8-9 ta 🏆
6-7 ta 🔥
4-5 ta ☃️
3 ta 🍓
2 ta 😀
1 ta 🐳
0 ta 💔
Destination B1. Unit 14. Articles.
Mavzulashtirilgan testlar (qiyinlik darajasi: Pre-intermediate) 👇👇👇

Har bir testni bajarganizdan keyin reaksiya bildirish esdan chiqmasiiiiiin 🫠
See more posts

View in Telegram