Sabr daraxti (Rauf Parfi)

Ushbu kanal Rauf Parfi ijodiga bagʻishlanadi. Maqsadimiz Rauf Parfi ijodini biladigan, qadrlaydiganlar auditoriyasini kengaytirish, shoir ijodining qiymatini anglash, targʻib qilishdan iborat. @Rauf_ParfiUzturk

View in Telegram

Recent Posts

Рауф Парфи. Шеърлар. Шоирнинг ўзи ўқиган / Rauf Parfi. She'rlar. Shoirning o‘zi o‘qigan. https://www.youtube.com/watch?v=ONXK2rGjKpM
❗️
“Bugungi sheʼriyatimizga Usmon Nosirning taʼsiri aniq seziladi. Usmon Nosir sheʼriyati bugungi sheʼriyatimizning ilgʻor qismi edi”.

Oʻzbekiston xalq shoiri Rauf Parfi


Manba

Jadidmedia’ga obuna bo‘ling
Suno V.4 уже не за горами!

Suno открыли нам доступ, и мы смогли попробовать сгенерировать песню на узбекском языке на стихи Рауфа Парфи — ONAMGA XAT.

Мы были приятно удивлены, насколько сильно улучшилось качество звучания и произношения слов на узбекском языке!

Мелодичность, интонации — всё звучит естественно и гармонично. Suno сделали значительный шаг вперёд, и это впечатляет!

@pulatov_kh
Usmon Azim. "So'ngso'zlar"
⚡️⚡️⚡️27-sentabr Rauf Parfi tavallud topgan kun!

@yoshkitobxonuz
YOSHLIK - ZANGOR FASL,KECHDI,SARG'ARDI.
To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik - zangor fasl. Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi, mendan o'tdi, omon bo'l.

Vido tabassumli olam, yoshligim,
Ko'zlarimda qolgan jolam, yoshligim,
Ko'klarga etmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim


Bilasizmi hech bir shoir butun boshli she'rni to'satdan topolmaydi. Qandaydir bir go‘zal satr keladi avval. Sehrli satr. Qolgan gaplar shu sehr atrofiga jamlanib, she'r to‘qiladi. Men, masalan, shunaqa o‘ylayman. Ushbu she‘rimda ham dastavval "Suvga cho'kib ketgan bolam yoshligim..." misrasi miyamga kelgan. Juda qo‘rqib ketganman. Tasavvur qilib ko'ring, axir! Ayniqsa, siz ota bo'lsangiz, farzandlaringiz atrofingizda chug‘ullashib turgan bo‘lsa. Ochig‘i, shu satrni to‘qiboq etim junjukib, negadir uni yomon ko'rib qoldim. Lekin shu misra tufayli bir she‘r yozishim kerak edi. She‘rni yozib tugatdim. Ichidan qurmag‘ur boyagi qatorni o'chirib qo‘yay desam, o‘chirolmayman deng. Juda bir g‘alati, tushuntirib bo'lmaydigan holat.
(Rauf Parfi)



@Rauf_ParfiUzturk
27-sentyabr Rauf Parfi Oʻzturk tavallud topgan kun.
Alla

Tunda keldim uzoq safardan,
Ko‘zlaringda marvarid-
Yosh intizor kunlar ehsoni-
Mehr bozoridan xarid.
Uxla, alla aytay qoshingda.

Kuyib suygan kunlaring haqqi.
Shirin hayotim sadqa.
Uyg‘oq o‘tgan tunlaring haqqi,
She'rim-bisotim sadqa,
Uxla, alla aytay qoshingda.

Ona, sadqa jon-u jahonim,
Baxtim, jonim, sog‘ bo‘lsang.
Bo‘lsang mehring ila oftob,
Buyuklikda tog‘ bo‘lsang,
Uxla, alla aytay qoshingda.

Oq sutingni oqlay, oh, ona,
Oltin sochay boshingga,
Arzimasman iliq tabassum,
Tomchi qaynoq yoshingga,
Uxla, alla aytay qoshingda.

Men uxlasam sen uxlagansan,
Yig‘lagansan- yig‘lasam.
Men kulganda sen ham kulgansan,
O‘ynagansan- o‘ynasam,
Uxla, alla aytay qoshingda.

Tunda keldim uzoq safardan,
Sog‘inib keldi o‘g‘il.
Uxla, alla aytay qoshingda.
Men bedor, sen uxlag‘il,
Uxla, alla aytay qoshingda.

1961

P/S: Onamning allalarida "Jonimga darmonim bolam alla" degan misralar bor... Ona, joningizga darmon bo‘lolyapmanmikin?... darmon bo‘lolarmikinman?...


@Rauf_ParfiUzturk
Yana jimlik yana sukunat...

@Rauf_ParfiUzturk
Сувга чўкиб кетган болам, ёшлигим.
Р. Парфи


* * *
Даричанг пойида ўлганда гуллар,
Адашган даракчи қушларни кутиб...
Умримни хомталаш қилганда йўллар,
Тўрт миллиард одам елкада тутиб,
     Менинг ёшлигимни олиб ўтдилар.

Муздай деразада қарир нигоҳинг,
Армон тўшагида ўйларинг қарир...
Силкиб ташлаганда фалакни оҳинг,
Будданинг синиғи каби кўтариб,
      Менинг ёшлигимни олиб ўтдилар.

Кўз ёш-ла сувлайди гуллар қарғишни,
Ҳижрон панжасида ўксинар қисмат.
Момо Ҳаво жаннатда очган урушни
Сенинг эшигингда чеклар муҳаббат.
     Менинг ёшлигимни олиб ўтдилар.

Қақнуслар юлдузлар ушоғин териб,
Қора шамолларга оқ сирлар айтди.
Юрагингни тинмай айланавериб,
Буюк бир Эранинг кексайган пайти
     Менинг ёшлигимни олиб ўтдилар.

Қисилиб қолганда қуёш дарчангда,
Жулдур кунларимга боққанда ғариб...
Кузни келин қилган хорғин кўчангдан
Сенинг боланг каби кифтда кўтариб,
      Менинг ёшлигимни олиб ўтдилар.

1998 йил

Эшқобил ШУКУР
Javlon Jovliyevning "Qoʻrqma" asari haqidagi filmni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://youtu.be/PYNopQErSuQ?si=W6wOAEGs8v8RYXWZ

P.S. menga yoqdi, sizga ham nimalardir ayta olishiga ishonaman

@birgap
Dodimni eshitgil, qodir Allohim,
Ishq sensan, oshiq ham sen, men qulingman.
Loyiqman qahringga, do'zaxim - bog'im,
Omonat devorman, o'tman, kulingman.

Rubbi maskun ichra sayyod, o'zim sayd,
Ortiq madorim yo'q, voqifsan axir.
Manglayda yozilgan farmoningni ayt,
Da'vat qil, gunohkor bandangni chaqir.

Iymon ber ruhimga, jismimga jon ber,
Loyimni qorishtir, poklab ber menga.
Ojiz tomirimga pokiza qon ber,
Ravshan qil, qoramni oqlab ber menga.

Oxirat ilmidan qil meni ogoh,
Murodim shamini so'ndirma, Alloh...

"Tavba" she'ridan

@Rauf_ParfiUzturk
Bugun darsda

Ustoz: ...hamma joyda iqtisod bor, yo‘lda ham, ijtimoiy hayotda ham, tilda ham...
Meni hayolimda:

"Iqtisod bu! Har kim ham bilur, albat,
Axir tejam bo'lsa, tinch bo'lur bu jon.
Faqat tejalmasa edi muhabbat,
Haqiqat tejalmasa edi hech qachon".

                                     


@Rauf_ParfiUzturk
"...2005-yilning mash’um 28-mart kuni Tursunali polvon qo‘ng‘iroq qildilar. Zulxumor opam (Sakina buvimning jiyani)larnikiga Shuhrat akam bilan tez yetib kelishimni aytdilar. Bu orada Tursunali akalar otamni Yangioboddagi uylaridan shoir Chorsha’m Ro‘ziyev (kuyovlari)ning hovlisiga olib kelishgan ekan… Uyga kirib borganimizda Tursunali polvon, Chorsha’m aka, Zulxumor opam, Dilorom opa, Munojat, Sevinch o‘sha yerda edi. Otam esa ko‘p dard chekkanlaridan ozib ketgan, nafas olishlari qiyinlashib, tomoqlarida hirqiroq bor edi. Tursunali polvon “Rauf aka, farzandlaringiz, yaqinlaringiz yoningizda turubdi. Ulardan rozi bo‘ling, ular ham sizdan rozi”, dedilar. Ko‘zlari ochildi, bu ko‘zlar kimnidir kutgandek titrab ochildi-yu, Tursunali polvonning “Shuhrat ham shu yerda” degan gaplaridan so‘ng xotirjam, manguga yumildi…
 
“Xayr, dada,
Biz endi ko‘risha olmaymiz dunyoda.
Bilamanki, sen tuproqda,
Bilamanki, sen qalbimning bag‘rida ochilgan yaproqda…”..."


Rauf Parfi haqida qizining sog‘inch, armon, haqiqatlari
👇👇
http://oyina.uz/uz/article/1357


@Rauf_ParfiUzturk
Rauf Parfi xotirasiga

***
Quyosh kuydi. Osmon yig'ida.
Qulf ilindi. Qalblar ignaband.
Ruhiyatning g'amli tig'idan
Rauf Parfi meros qilgan dard.

Lol boqilar, taqdir ketidan
Quvlagaydir tentirab izvosh.
Turkiston deb oqar betinim
Rauf Parfi ko'zlaridan yosh.

Ikki dunyo qo'shig'in qaytib
Kuylamaydi yovning yellari.
Rauf Parfi ismini aytib
Qovushadir Turon ellari.

Tinga cho'kkan qalamkashlar gung,
Go'r chorladi haqning so'zini.
Rauf Parfi ozodlik uchun
Lirikaga ko'mdi o'zini.

Dunyo uxlar, yolg'on - may ichib
Shirintushga cho'kar asliyat.
Rauf Parfi uyqudan kechib
She'riyatga bitar marsiya:
"Uxlolmayman gar sen uyquda..."

FERUZSHOH

@Rauf_Parfi
Allohim, bilursan qay sori ketdim,
Allohim, ..men o'ldim... Men senga yetdim...
Rauf Parfi


28-mart sanasi hayotda ham adabiyotda ham vijdonidan boshqa hujjati bo‘lmagan* O‘zbekiston Xalq shoiri, erk, adolat kuychisi, o‘zida ijod va jasoratni birlashtirgan shoir va tarjimon Rauf Parfi xotirasi kuni!
Alloh shoirimizning oxiratlarini obod qilsin, Firdavs Jannati bilan siylasin!



Aldangan, charxlangan qalb bilan o'tdim,
Yor-u do'stlar boshim uzra yig'ildi.
Hukm kutgan kabi men sizni kutdim,
Unutdim o'zimni-o'zim tug'ildim.

Ko'zimning qa'rida ul qora devor,
U taraf qorong'u har narsa yo'qdir.
U taraf, xanjardir, zahardir, o'qdir,
Kecha yo'q.
Bugun yo'q.
Erta yo'q.
Siz bor...

Tiriklikdan kechdim, o'limdan kechdim,
Osmon deganlari mening fig'onim.
Dunyo zaharini bir o'zim ichdim ,
Yondi tun charog'im, kuldi jahonim.

Men qanot bog'ladim, ko'klarga uchdim,
Assalom, sevgili
Insonim, qonim !...

(*Go‘zal Begim)

@Rauf_ParfiUzturk
See more posts

View in Telegram