Savodxon.uz

Savodxon dasturi oʻzbek tili imlo qoidalarini ommalashtirish va savodxonlikni targʻib qilish uchun ishlab chiqilgan dasturiy vositadir.

Sayt: https://savodxon.uz
Lugʻat: @SavodxonBot
Facebook: https://www.facebook.com/savodxon

Bogʻlanish: @savodxonuz

View in Telegram

Recent Posts

Yangi 2025-yil sizga yangi imkoniyatlar, yoqimli oʻzgarishlar, xursandchilik va farovonlik olib kelsin. Har kuningiz sizga qiziqarli onlarni taqdim etishini tilab qolamiz.

Bayramingiz muborak, azizlar!🎄
Hurmatli foydalanuvchilar,

Savodxon sayti xizmatlarini optimallashtirish va sizlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvardan boshlab quyida keltirib oʻtilgan oʻzgarishlar joriy qilinmoqda.

Birinchidan, yakshanba kunlari imloni tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan foydalanish uchun faol obunaga ega boʻlish talab etilmaydi. Yaʼni, sizning Savodxon saytida amaldagi obunangiz boʻlmasa ham, yakshanba kunlari matn imlosini tekshirish va yozuvni oʻgirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalana olasiz. Bunday tartib Savodxon sayti xizmatlaridan kamdan-kam foydalanadigan yoki doimiy obuna olishga imkoni yoʻq foydalanuvchilarni hisobga olib joriy qilinadi. Eslatib oʻtamiz, bu qulaylik matnni tarjima qilish xizmatini oʻz ichiga olmaydi.

Ikkinchidan, 1 kunlik va 7 kunlik obuna muddatlari ortiq taklif etilmaydi. Yangi yildan boshlab foydalanuvchilar faqat 30 kunlik, 90 kunlik, 180 kunlik, yoki 365 kunlik obuna sotib olishlari mumkin boʻladi. Bu tartib loyiha ishini uzoq muddatli obuna egalari talablariga muvofiqlashtirish va ularga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash uchun joriy qilinadi.

Shunday qilib, 2025-yil 1-yanvardan Savodxon sayti xizmatlariga obuna boʻlish uchun quyidagi yangi narxlar belgilanadi:

30 kunlik — 50 000 soʻm

90 kunlik — 120 000 soʻm

180 kunlik — 150 000 soʻm

365 kunlik — 240 000 soʻm

1-yanvarga qadar obuna muddatlarini hozirgi narxlarda sotib olish mumkin.

@savodxon_uz
Izohli lugʻatimiz qayta tiklandi!

Lugʻat sahifasi (https://savodxon.uz/izoh)da soʻzlarni lotin yoki kirill harflarida izlang — sizga toʻgʻri variantlari taqdim etiladi. Shu soʻzlar ustiga bosish orqali ularning izohini koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, @savodxonBot Telegram Bot orqali ham lugʻatdan foydalanishingiz mumkin.

@savodxon_uz
Endi lotin-kirillga oʻgirishda istalgan soʻzlar yoki matnlarni belgilab, ularni oʻgirmasdan qoldirishingiz mumkin.

Kerakli matnni belgilang va rasmda koʻrsatilgan [a] tugmasini bosing - matnni boshqa yozuvga oʻgirganingizda shu belgilangan matn yoki soʻzlar oʻgirilmasdan qoladi.

Ushbu belgilarni bekor qilish uchun tekshirish tugmasi oʻng tarafidagi “Bekor qilish” tugmasini bosing.

@savodxon_uz
Savodxon.uz pinned a photo
Savodxon loyihasidan til bayramiga anʼanaviy chegirma
__

Hurmatli foydalanuvchilar,

Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan ertaga — 21-oktyabr kuni barcha obuna muddatlariga 50 foizli chegirma eʼlon qilinadi!

Uzoq muddatli obunani arzon narxda sotib olish uchun yaxshi imkoniyat.

https://savodxon.uz/

@savodxon_uz
Aziz ustoz va murabbiylar!

Kelgusi avlod barkamolligini taʼminlash orqali jamiyatimiz ravnaqiga qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun barchangizning qarshingizda doimo taʼzimdamiz.

Bugungi ayyomingiz muborak boʻlsin!
Aziz foydalanuvchilar,

Sizning ishingizni yana ham osonlashtirish uchun biz Savodxonni mashhur brend nomlarini tanib olishga oʻrgatdik.

Brend nomlariga qoʻshimchalar qoʻshilganda imlo qanday boʻlishi kerakligi rasmiy qoidalarda keltirilmagan. Ammo oʻzbek tilidagi koʻp manbalarda bunday holatda brend nomiga ayirish belgisi yordamida qoʻshimcha qoʻshish urf boʻlgan (masalan, Facebookʼdagi, Telegramʼdan, Googleʼning, va hokazo). Biz ham dasturimizda shu qoidaga amal qilishga qaror qildik.

Agar Savodxon sizning matningizda keltirilgan biror brend nomini tanimasa, bizga https://t.me/savodxonuz Telegram manzili orqali xabar bering — biz uni ham lugʻatimizga qoʻshib qoʻyishga harakat qilamiz.

@savodxon_uz
Biz saytimizning doimiy foydalanuvchilarini juda qadrlaymiz va ularning sadoqatini loyiq darajada mukofotlashga qaror qildik. Endi saytdagi Savodxonlik darajangiz qancha yuqori boʻlsa, sizga shuncha katta chegirmalar beriladi!

Savodxonlik zobiti darajasiga erishgan foydalanuvchilarga yangi obuna sotib olishda 20%, Savodxonlik qoʻmondoni darajasiga erishganlarga esa — 40% chegirma taqdim etiladi.

Savodxonlik zobiti darajasi dasturimiz orqali jami 100 mingdan oshiq soʻz tekshirganlarga taqdim etiladi. Savodxonlik qoʻmondoni darajasini olish uchun esa 1 milliondan oshiq soʻz tekshirgan boʻlishingiz kerak. Oʻz darajangizni profilingizda koʻrishingiz mumkin.

@savodxon_uz
Savodxon logotipi yangilandi!
Azizlar, biz tahrir oynasini yanada soddalashtirdik!

Endi siz yagona oynada ishlay olasiz. Lotin va kirill oynasi yuqoridagi tugmalar orqali almashadi va matningiz avtomatik oʻgiriladi.

Ortiqcha tugmalarni olib tashlab, saytning eng zarur tugmalarini pastga joylashtirdik.

Faylni oʻgirish imkoniyati hali ham mavjud. Pastdagi tugma orqali ushbu alohida oynada ochiladi: https://savodxon.uz/office

Marhamat, sinab koʻring. Kamchilik-xatolariga duch kelsangiz, bizga telegram (https://t.me/savodxonuz) orqali xabar bering — tuzatib qoʻyamiz.

(Qurilmangiz yangilanishni birinchi marta yuklab olishi uchun biroz kutib turing.)

@savodxon_uz
Savodxon.uz pinned Deleted message
Biz Ms Word ilovalarining koʻpchilikda kuzatilayotgan baʼzi kamchiliklarini bartaraf qildik. Agar siz ham ilovalar ishlashida xatolarga duch kelayotgan boʻlsangiz, ilovaning oxirgi (4.9) versiyasini yuklab oling: savodxon.uz/ilovalar/msword

Lotin-kirillga oʻgirish imkoniyati hali ham bepul. Shunchaki, bu versiyada login-parol orqali hisobingizga kirishingiz lozim.

Agar ilovalar ishlashida xatolarga duch kelsangiz, "Texnik xatolar jurnali" (1-rasm)dagi xabarni nusxalab bizga yuboring.

5.0 (Mac/Windows uchun) versiyani yangilash 2-rasmda keltirilgan.

@savodxon_uz
Biz Ms Word ilovalarining koʻpchilikda kuzatilayotgan baʼzi kamchiliklarini bartaraf qildik. Agar siz ham ilovalar ishlashida xatolarga duch kelayotgan boʻlsangiz, ilovaning oxirgi (4.9) versiyasini yuklab oling: savodxon.uz/ilovalar/msword

Lotin-kirillga oʻgirish imkoniyati hali ham bepul. Shunchaki, bu versiyada login-parol orqali hisobingizga kirishingiz lozim.

Agar ilovalar ishlashida xatolarga duch kelsangiz, "Texnik xatolar jurnali" (1-rasm)dagi xabarni nusxalab bizga yuboring.

5.0 (Mac/Windows uchun) versiyani yangilash 2-rasmda keltirilgan.

@savodxon_uz
Bahorni olib keluvchi aziz ayollar, siz biz uchun har doim goʻzallik, yaratish va mehr ramzisiz.

Sizga, oilangizga tinchlik, toʻkislik va farovonlik tilab qolamiz.

Doimo salomat boʻling,
Bayramingiz Muborak! 🌷

@savodxon_uz
Soʻrovnoma natijalari va biz koʻrgan choralar

👉YANGILIKLAR

@savodxon_uz
Sayt xizmatlarini yanada yaxshilash uchun soʻrovnoma oʻtkazyapmiz. Iltimos, soʻrovnomada ishtirok eting va xizmatlarimiz haqida oʻz fikrlaringizni biz bilan baham koʻring.

👉 ISHTIROK ETISH

@savodxon_uz
See more posts

View in Telegram