Yapon.uz

Yaponiyadagi O’zbekistonliklar uchun mobil ilova. Ilovada siz e’lonlarni joylashingiz, o’zingiz uchun kerakli ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Ilova qulayliklaridan yana biri siz endilikda Yaponiyada turib kerakli ma’lumotlarni topishingiz mumkin

View in Telegram

Recent Posts

Qarang qancha mag'rur tursa ham,
Bir - biriga egilar Yapon,
Kunda ming bor ta'zim qilgandan,
Balkim, kasal bo'lmas hech qachon.

Kamtarindir aslo bir qadam,
O'tmas g'urur ostonasidan,
SHuning uchun bo'lmas "GRIJA",
Yapon! umurtqa pog'onasidan.

©️Bahodir Iskandarov


#LirikChekinish
#YaponiyaSadosi

Yaponcha she'rlar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram
😉#Ajoyib#Repost

Bugun ishdan keyin uyga qaytayotganimda ajoyib voqeani guvohi bo’ldim. Xullas biz yashaydigan ko’p qavatli binoni kiraverishiga yetganimda, qaysidir qo’shnimiz bolasiga tanbeh berayotganini eshitdim. Birovni gapini zimdan kuzatish yaxshi emas, lekin, qiziqdim. Qani Yaponlar qanaqa qilib farzandlarini tarbiyalaydi. U qo’shnimiz zinani tepasida, man pastda. Bir- birimizga ko’rinmaymiz. Lekin ovozlar eshitiladi:
- “Akichan,(«chan» ismlarga erkalash ma'nosini beradigan qo’shimcha) man ishdan charchab kelganimga qaramasdan, hozirgi kunlarda juda band bo’lishimga qaramasdan atay sayr qilishga olib chiqdim. San bo’lsa yo’lda moshina yo’liga chiqib ketay deding. Yaxshiyamki ushlab qoldim. Agar ushlab qolmaganimda moshina urib ketganda nima bo’lardi? Joning azob chekardi, yoki sandan ayrilib qolsam man keyin qanday yashardim?
Boshqa unaqa qilma xo’pmi? Juda ham ehtiyotkor bo’lishing kerak, moshina yo’llariga chiqqaningda. Sani juda qattiq yaxshi ko’raman. Iltimos, manga va'da ber! Boshqa takrorlamayman deb? Va'da berasan-a?
Yaxshi, endi uyga kiramiz. Mandan xafa bo’lma, sani urushmadim”.

Bu gaplarni eshitdimu, ichimda o’zimga o’zim takrorladim. Mana Yaponcha tarbiya, mana Yaponcha intizom, mana bolani qanday tarbiyalash kerak. Ana shuning uchun ham bulardan nobelchilar chiqqan, ana shuning uchun ham bular tartib-intizomda dunyoda birinchi o’rinda turadi. Ana shuning uchun ham bular rivojlanib ketgan.

Shu kabi hayollar miyamda aylanib zinadan ko’tarildim. Ko’tarildimu ne ko’z bilan ko’rayki boyagi Yapon qo’shnimiz kuchugiga gapirib yotgan ekan. Xeh, sani tarbiyalashinga havasim ketmay man o’lay)😁

©️Bahodir Iskandar minbari

#YaponiyaSadosi
#QiziqarliYaponiya

Yaponlar haqida ko'proq ma'lumotlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA

Telegram | Facebook | Instagram
​​Assalom ayajon man sog'-omonman,
Rosti hech qayerim og'rib qolgan yo'q,
Televizorlarga sira ishonmang,
Biroz shamol bo'ldi to'fon bo'lgan yo'q.

Ular ko'rsatgan joy Yaponiya emas,
To'fon deganlari bizdan olisda,
Tunov kun osaka degan joyida,
Yer sal qimirlabdi juda ohista.

Ular aytganidek odam o'lmagan,
Dengizlarida ham suvlar toshgan yo'q,
Internetda yolg'on xabar tarqagan,
Yozda harorat ham sira oshgan yo'q.

Ishonmang gazeta , jurnallarga ham,
Yolg'on xabar bermay yuzi qursin-a,
Ko'nglingiz to'q bo'lsin, bo'ling xotirjam,
Bu yerda umuman bo'lmas zilzila.

Menda hammasi zo'r,tan-u jonim sog',
Kasallik degani menga begona,
Faqat yuragimda kichkina bir dog',
Men sizni judayam sog'indim ona.

To'yib uxlayabman xavotir olmang,
Muammo yo'q aslo yeb-ichishimda,
Faqat mexringizni qo'msabman jinday,
Non yopib beribsiz kecha tushimda.

Yaponlar bizlarga juda mehribon,
O'zin ukasidek yaxshi ko'radi,
Narx navolari juda ham arzon,
Ming sumga 10 kilo olma beradi.

Ozib ham ketmadim o'sha-o'shaman,
Hali ham tilagim shu- eski tilak,
O'zgarib ketibsan deya yig'lamang,
Telefonda shunaqa ko'rinsam kerak.

Tangrimdan so'rayman yana va yana,
Faqat Yaponlardek ko'p yashang ona....

2018.09.06.
©️Bahodir Iskandarov

#LirikChekinish
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid she'rlar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA

Telegram | Facebook | Instagram
​​😁Hazil she'r.

Do'stim,qiziqmagin Yapon qizlarga,
Bilmay o'tib ketasan aniq yoshini,
Malla, yashil ranglar yetmay turganday,
Qip -qizilga bo'yab olar sochini.

Lablariga qora pomada qo'yib,
Tamaki tutatib kirsa xonanga,
Soqolingdan kalta yubkani kiyib,
Salom solib tursa ota onanga.

Bir tasavvur qilchi, ujin,oilaviy,
Dasturxon,hamma jam,soat oltida,
Qora choy o'rniga pivoni qo'yib,
Kanpaiii deb yuborsa ovqat oldidan.

Ne qilasan zirak taqib burniga,
Badanga tatooni urvolib kelsa,
Farzand ko'rgim yo'qdir, uning o'rniga,
CHiroyli mushukcha boqamiz desa.

Sms jo'natsa hovuchlab yurak,
Hurkitmay erliging, haybating,
"Bugun uyga vaqtli qaytishing kerak,
Ovqatni pishirish seni navbating".

Gerdayib obording qishloqqa,
Hammani og'zida o'sha gap,
Chorlab ko'r sigirni sog'moqqa,
Qochadi japanga chopqillab...

Hozirku yoshlikda yoqadi,
Eshitish muloyim gapini,
Boshingda yong'oqlar chaqadi,
Qildirmoq istasang tappini.

Tarixda qolgan u sen bilgan,
Yaponlar, Koreyslar yo chinlar,
Asl sharq kim qachon g'arb bo'lgan,
Menimcha yo'q endi Oshinlar.

Dakara yaxshilab o'ylab ko'r,
Pushaymon, so'ng dushmon bo'lmasidan,
Donolar ne deydi so'rab ko'r,
"Xotin top , iymonli muslimasidan"..

©️Bahodir Iskandarov 2019.02.26

#HazilSher
#LirikChekinish

Yaponcha she'rlar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA


Telegram | Facebook | Instagram
​​Savlat to'kib turar bir haykal,
Tokyoning qoq markazida,
Bir asrki ko'zlari maqtal,
Umidi bor o'z hojasida.

Ruhi kezib haykal atrofin,
Haligacha kutarmikan yo?
Ko'rsatdi u vafo neligin,
Sadoqatni ramzi- Hachiko.

Huzuringa men qachon borsam,
Sinoatga lolman-u jimman,
Ortga qarab,ko'zinga boqsam,
Uyalaman odamligimdan.

Odamzotga qilmagin havas,
Ko'kragingni g'oz ker Hachiko,
Vafo nima bilmaganlarga,
Sadoqatdan dars ber Hachiko.

Inson shudir,ichinga kirib,
Mexr berar,jondan suyadi,
Vaqti kelsa o'zi o'ldirib,
So'ng nominga haykal qo'yadi.

Senga dardim pullayman bugun,
"Do'stlar soxta,o'zim ham soxta,
Ne qilarim bilmayman bugun,
Yaqinlarim kavlagan choxda",

O'rganganim aytaman sanga,
Quloq tutgin inim,og'amdek,
Sadoqat-u vafoda tengsiz,
Do'st topmadim ota-onamdek.

Kutganingni siri nimada?
Xojang shuncha yaxshi edimi?
Kelishilgan joyga qaytmasam,
O'lguningcha kutgin dedimi?

Odamzotga bo'lishchun o'rnak,
Hayvon bo'lib kelgan edingmi?
Boshqa hoja topgandan ko'ra,
Sen o'limni afzal bildingmi?

Ne bo'lsa ham senga qoyilman,
Sabringa ham ming bor tasanno,
Bir o'tinchim kelgin menga ham,
Toqat nima o'rgat Hachiko.

©️Bahodir Iskandarov

#LirikChekinish
#YaponiyaSadosi

Yaponiya haqida she'rlar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA

Telegram | Facebook | Instagram
​​Sabrni oʻrgansa boʻladi dunyo,
Minglab talofatlar koʻrgan Yapondan,
Iymondan habari yoʻqku-ya ,ammo,
Insof neligini oʻrgan Yapondan.


Almisoqdan qolgan, yaxshiyam qolgan,
Bilmam, bu hislatni qayerdan olgan,
Nima boʻlganda ham, ishlatmas yolgʻon,
Toʻgʻri soʻzlik nima oʻrgan Yapondan.

Kasblarning ulugʻi, eng chiroyligi,
Yaponda oʻqituvchi millat boyligi,
Obroʻyidek baland hatto oyligi,
Ustozga hurmatni oʻrgan Yapondan.

Badavlat, oʻrtaxol yoki faqirmi?
Ziyoli, yo omi, mutaffakirmi?
Dehqon, ishchi, ishsiz, hatto vazirmi,
Tenglik nimaligin oʻrgan Yapondan.

Qarang boshlangʻichda maktab bolasin,
Oʻzi tozalaydi sinf xonasin,
Intizomin koʻring, jajji bolasin,
Farzand tarbiyasin oʻrgan Yapondan.

Metroda yosh, qari, yo goʻdak bola,
Kitob oʻqib ketar koʻzlari yona,
Har doim tiqilinch har kutubxona,
Kitobni sevishni oʻrgan Yapondan.

Ahir asrash kerak deb tabiatni,
Tizimlarga solib toʻkar ahlatni,
Deysan:
Ahlat toʻkishmi bu yoki sanʼatmi?
“Musor toʻkish“ fanin oʻrgan Yapondan.

“Toza Tokiolik“ degan gapi yoʻq,
Qishloqi, shaharlik degan gapi yoʻq,
“Quruq“ yo “avatar“ dek laqabi yoʻq,
Mahalliychilik yoʻq, oʻrgan Yapondan.

Hech qachon birovni gʻiybat qilmaydi,
Toʻplanib nokerak suhbat qilmaydi,
Ichi qoralik yoʻq, tuxmat qilmaydi,
Goʻzal hislatlarni oʻrgan Yapondan.

Hozir boryabman deb bir yarim soat,
Kuttirmas , kutmaydi, yoʻq bunga toqat,
Bir “minut“ kechikish katta “falokat“ ,
Daqiqa qadrini oʻrgan Yapondan .

Hatto kampir, chollar “ velik“da yurar,
Toʻqsondan oʻtsa ham “dirkillab“ turar,
Dunyoda hammadan koʻp umr koʻrar,
Sogʻlom turmush tarzin oʻrgan Yapondan.

Boqimanda boʻlib oʻsmas yoshlari,
Qiynalib oyoqqa turadi bari,
Balkim, shunga koʻpdir “Nobelchilari“,
Chiniqish neligin oʻrgan Yapondan.

Qoyilmaqom juda “servis“u xizmat,
Xaridor xurmati togʻlardan baland,
Tomib gapiradi ogʻzidan bol-qand,
Biznes neligini oʻrgan Yapondan.

Boyu kambagʻali bari kibrsiz,
Biror bir gapini aytmas “uzr“siz,
Muloyimligidan topib huzur, siz.
Muomala madaniyatin oʻrgan Yapondan.

Isrofgarchiikdan oʻynamas poyga ,
Umuman hashamat qilmaydi uyga,
Millionlar sarflamas bir kunlik toʻyga,
Bozor-Iqtisodni oʻrgan Yapondan.

Mehnat, mehnat deya yurgan Yapondan,
Doim navbatlarda turgan Yapondan,
Davlatini noldan qurgan Yapondan,
Vatanparvarlikni oʻrgan Yapondan.
Vatanparvarlikni oʻrgan Yapondan.

Xabari boʻlganda agar Islomdan,
Buyuk xalq boʻlmasdi aniq Yapondan....

©️Bahodir Iskandarov
🗓2019.03. 28.

#LirikChekinish
#BahodirIskandarov
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid she'rlar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA

Telegram | Facebook | Instagram
​​MOTIVATIONbilan miyani CULTIVATION qilamiz...

Bugungi yoritmoqchi bo'lgan ( fonar bilan) mavzumiz O'ZLIKNI ANGLASH yohud BIZ EPLAYMIZ deb nomlanadi.

Hurmatli
SUSAMBILGAyaqinda kelgan yoki kelmoqchi bo'lgan vatandoshlar bugundan boshlab erinchoqlikni yo'qotib, Yapon tilini o'rganishni boshlaymiz.GANBATTE QILAMIZ.Nimaga deysizmi? doushite deysizmi? why deysizmi? chunki biz O'zbeklar uchun juda ham oson Yapon tilini o'rganish. Iye, yana nimaga deysizmi? Nimagaki, grammatik jihatdan bizni o'zbek tilimizga juda ham yaqin.( Bilaman bu evrikamas. Buni hamma biladi.)Xitoyliklarga mazza ularga oson yapon tilini o'rganish, bizga qiyin, o'qisam ham miyaga kirmayabdi,baribir gapira olmayabman va shunga o'xshagan negative gaplarni axlatga tashlaymiz-da , tilni o'rganishni boshlaymiz. Ha aytgancha, bunaqa negative gomilarni getsu,sui,kinno asa dashite kudasai.

Yapon tilini o'rganish shu darajada osonki, ishoning ozgina mexr berib o'qishni boshlasangiz tezda samarasini berishni boshlaydi va siz o'qigan narsalaringizni ishda yoki boshqa joyda qo'llasangiz, eshitsangiz xursandligingizdan qo'lingizni oyog'ingizga olib dars qilishga oshiqasiz.


Zelyonka yodi bilan,gap isboti bilan deganlaridek, bitta ikkita bizni tilimizga o'xshaydigan tarjimalar keltirib o'tamiz:
1 - oite oite - qo'yib qo'ying.
2- kiete mite-so'rab ko'ring.
3-kite mite - kiyib ko'ring.
4-atamani irete oite-miyangizga quyib oling.

Endi so'z va qo'shimchalarni o'rnini aytmasa ham bo'laveradi bir biriga juda ham o'xshaydi. Ingliz yoki rus tillariga o'xshab egasini janubdan ,kesimini shimoldan tarjima qilmaymiz. SHu darajadagi qulay va oson tilni o'rganmasak, ko'zlarimiz "kar" bo'lishi aniq.

SHunday ekan hurmatli yurtdoshim, bugundan, hozirdan boshlaymiz tilni chuqur o'rganishni. Bilaman siz eplaysiz. Biz eplaymiz. Shuni unutmangki, hozirda yapon tilida bulbuldek sayrayotgan akalaringiz ham , birdan yapon tilida gapirib ketmagan. Odam qilgan ishni odam qiladi. BIZ ENG ZO'RMIZ,BIZ ENG AQLLIMIZ,BIZ HAMMASINI EPLAYMIZ,BIZ CHEMPIONMIZ......
O'zim yozgan gaplardan o'zim ham ta'sirlanib ketdim. Ketdim facebookda o'tirguncha dars qilaman.😂


P .S: Siz ham Yapon tilini o'rganayotgan paytingizda o'xshashlikdan hayron qolgan so'zlaringiz va gaplaringiz bormi? Unda ulashite itadakimasenka?


©️Bahodir Iskandarov

#MaxsusPost
#BahodirIskandarov

Yapon tiliga oid yangiliklar kanali👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
Salom azizlar, YaponiyaSadosi kanalida "MEGA TANLOV" e'lon qilindi! Endilikda siz foydali kitoblarni o'qib, evaziga sovg'alar yutib olishingiz mumkin. Qanday qilib deysizmi?

Unda shartlar va sovrinlar haqida buyerda o'qing👇🏻

https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​⁉️Bilasizmi? No. 29
🍵Matcha (抹茶)

Matcha Yapon choyi haqida eshitganmisiz? Uning sog’liq uchun foydalari haqida bilasizmi?


🌿☘️Bugun sizlarga Yaponiyada o’stirilib kelinayotgon Camellia sinensis o’simligidan tayyorlanadigan matcha choyi va uning sog’liq uchun foydalarini aytib o’tmoqchimiz.

🍵Matcha choyi hozirgi kunda maxsus shisha idishlarda Yaponiya shahobchalarida sotuvga qo’yilsada, XXI asrda uni maxsus madaniy vositalar va bosqichma-bosqich ehtiyotkorona tayyorlash jarayoni hozirgi kunga qadar Yaponiya madaniyatida saqlanib kelmoqda. Aslida, matcha so’zining ma’nosi ham yapon tilidan olingan bo’lib, ‘ma’ (抹) maydalangan, ‘cha’(茶)esa choy degan ma’nolarni anglatadi. Matcha choyi uchun o’stiriladigan Camellia sinensis o’simligi asosan Yaponiyada Kioto Prefekturasining Uji shahri va Aichi Prefekturasining Nishio shaharlarida yetishtirilib kelinmoqda. 🍃Bu barglar 3 hafta davomida maxsus soya orqali o’stirilib, to’g’ridan to’g’ri quyosh nurlaridan himoya qilish orqali o’simlikdagi xlorofillning haddan tashqari ko’payib ketmasligini oldini oladi. Bu esa matcha choyini o’ziga xos yorqin yashil rangda bo’lishi va ichimlikka chuqur umami – yoqimli va lazzatli ta’mni beradi.

🏃🏻‍♂️🍵Matcha choyining sog’liq uchun foydalari:
● Kunlik iste’mol taomnomangizga matcha choyini qo’shish orqali, antioksidant birikmalar miqdorini sezilarli kamaytirib, bu esa insondagi hujayralar shikastlanishini oldini olishiga yordam berishi, hatto bir necha surunkali kasalliklar paydo bo’lish xavfini kamaytiradi
● Ba’zi ilmiy ishlar natijasi shuni ko’rsatadiki matcha choyini iste’moli buyrak va jigardagi toksinlarni yuvib chiqaradi
● Matcha choyida kofein va L-tenin moddasi mavjud bo’lib, miya faoliyatining kuchaytirilishiga, asosan insonni diqqati, xotirasi va qaysidur amalyotga nisbatan reaksiyasini faollashuviga yordam beradi
● Matcha choyida yana EGCG (epigallokatin-3-gallat), katesin biriktirmasi bo’lib, u saraton xastaligini oldini oluvchi moddalardan biridir
● Matcha choyi insonda uchraydigon yomon LDL xolesterin miqdori, shuningdek triglitseridlarni kamaytirishini isbotlagan, bu esa dunyoda ko’plab o’limga sababchi bo’ladigon yurak xastaligini oldini olishi va yurakni doimiy sog’lom ushlab turishga yordam beradi
● Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatadiki matcha choyi insondagi metobolizmni tezlashtirish orqali energiya sarfini oshishi va yig’ilib qolgan yog’larni yo’qolishiga yordam beradi. Bu esa insonni ortiqcha vazn yo’qotishiga yordam beradi.

👨‍🍳Tayyorlanishi:
Matcha choyini tayyorlash juda oson.
1-2 kichik qoshiq (2-4 gram) matcha kukunini stakan ichiga solib, ustiga issiq suv (60 ml) solib aralashtiramiza. Matcha kukunining suvga nisbatini o’zingizning ta’mingizga moslab o’zgartirishingiz ham mumkin.
🍵Matcha choyi sog’liq uchun juda ko’p foydalari bo’lsada, muvozanatda tanavvul qilish albatta muhimdir. Kuniga 1 yoki 2 stakan matcha choyini ichish sog’liq uchun eng yaxshi usuldir.

#Bilasizmi
#Matcha
#YaponiyaSadosi

Yaponiya haqida qiziqarli faktlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​⚡️⚡️⚡️Yaponiya barcha fuqarolarga bepul koronavirusga qarshi emlashni taklif qiladi

⚜️Manbalar Chorshanba kuni Yaponiya hukumati yangi koronavirusga qarshi emlashni Yaponiyadagi barcha fuqarolarga bepul taqdim etishni rejalashtirayotganini ma'lum qilmoqda.

Hukumat hozirgi paytda Yaponiyada va chet elda ishlab chiqarilayotgan koronavirusga qarshi vaksinalarni kelasi yilning Iyun oyi oxiriga qadar yetarli miqdorda yetkazib berish uchun barcha xarajatlarni qoplashni maqsad qilmoqda. Hukumat koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta'minlash uchun 2020-yilning qo'shimcha moliyaviy byudjetlari doirasida o'z zahira fondidan 670 milliard yena(taxminan 6 milliard AQSh dollari) mablag' ajratadi.

⚜️Manbalarga ko'ra, koronavirusga qarshi emlash siyosati kelgusi haftaning boshida Sog'liqni saqlash vazirligining maslahat kengashi yig'ilishida e'lon qilinadi.

Hukumat koronavirusga qarshi vaksinalar ishlab chiqarilishi bilanoq ko'zda tutilgan bepul emlashlar orqali aholini tezda virusga qarshi emlashga targ'ib qilishni maqsad qilmoqda.

Hukumat, shuningdek, koronavirus va u bilan bir vaqtda avj olishi mumkin bo'lgan mavsumiy grippning epidemiyalariga qarshi tayyorgarlik ko'rishni reja qilmoqda.

Ayni paytda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqarishda Qo'shma Shtatlar va Buyuk Britaniya yetakchilik qilmoqda, Yaponiya hukumati AQShning dori ishlab chiqaruvchisi Pfizer Inc va Britaniyaning dori ishlab chiqaruvchisi AstraZeneca PLC dan vaksina ta'minotini olish uchun asosiy shartnomalarni imzolab ulgurdi.

8-Sentyabr kuni bo'lib o'tgan Vazirlar Mahkamasining yig'ilishida hukumat vaksinalarni xavfsizligini ta'minlash uchun zaxira mablag'laridan foydalanishga qaror qildi. Manbalarga ko'ra, hozirda hukumat vaksinalar eng ertasi bilan shu yilning oxirida sotib olinishi mumkin degan taxmin bilan koronavirusga qarshi emlashlarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan tizimlarni ishlab chiqmoqda.

Hukumat, shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalarning xavfsizligini ta'minlash uchun kelasi yilning Aprel oyida boshlanadigan 2021-moliyaviy yili uchun byudjet loyihasida qo'shimcha mablag' ajratishni rejalashtirmoqda. Keyin bepul emlashni davom ettirish yoki ettirmaslik masalasi ko'rib chiqiladi.

Hukumatning koronavirusga qarshi choralar bo'yicha kichik qo'mitasi avvalambor tibbiyot xodimlarini, qariyalarni va og'ir sharoitga ega bo'lganlarni koronavirusga qarshi emlashda birinchi o'ringa qo'yish siyosatini belgilab berdi.

Sog'liqni saqlash vazirligi hay'ati birinchi navbatda emlanishi kerak bo'lgan keksalar va boshqa fuqarolar uchun sarflanadigan vaksinalar miqdorini muhokama qilib, shu yilning kuzida maxsus emlash dasturini tuzishni rejalashtirmoqda.

Manbalarda aytilishicha, mahalliy prefekturalarning o'z aholisiga emlash uchun sarflanadigan xarajatlarni markaziy hukumat tomonidan qoplab berishni rejalashtirmoqda.


©️Manba: Japan Times axborot agentligi

#Vaksina
#YaponiyaSadosi
#BepulVaksina


Yaponiyaga oid so'nggi yangiliklar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​🇯🇵No.1 “Kirish: Yaponiyaga kelishdan maqsad”   1- Oktyabr
 
Avvalo Yaponiyaga kelishdan maqsadimiz nima ekanligini aniqlab olish darkor. Insonlar turli maqsadlar bilan Yaponiyaga kelishadi. Ba’zilar oilasi bilan qovushish, ba’zilar til yoki kasb maktabi, yoinki universitetda o’qish, yana ba’zilar to’g’ridan-to’g’ri ishlash, bir xil toifa esa davlat safarlari bilan, bir guruh bo’lsa, JICA kabi xalqaro tashkilotlar uyushtirgan dasturlarda malaka oshirish uchun, turist bo’lib, Yaponiyaning yuksak tibbiyot hizmatlaridan foydalanib davolanish uchun, qisqa muddatga oilasini ko’rish uchun, biznes yo’lida safar qilish, xullas, har bir odamning o’ziga yarasha Yaponiyaga kelish maqsadlari mavjud. Buni oldindan yaxshilab tushunib, qaysi kategoriyaga tushushini anglab olmasak, keyingi bosqichlardagi hujjat ishlarida qiynalib qolamiz.
 
🌀Misol uchun haligacha Yaponiya katta sondagi mehnat ishchilarini O’zbekistondan jadal chaqirganicha yo’q. Bunga oid harakatlar va ba’zi natijalar bo’lsada, Janubiy Koreya Respublikasidek katta miqdordagi yurtdoshlarimizning to’g’ridan-to’g’ri yapon orollariga kirib kelishlari hali kuzatilganicha yo’q. Misol uchun, 2019 Dekabr oyiga ko’ra, Yaponiyaning Adliya vazirligi bergan ma’limotlarga ko’ra, bu yurtda yashayotgan vatandoshlarimiz jami 3627 nafar bo’lib, ulardan 2038 nafari talaba, 584 nafari oilasi bilan kelgan, 483 nafari esa Yaponiyadagi turli shirkatlarda ishlovchi yuqori malakali hodimlar hisoblanadi. Ishlash uchun kelsa bo’ladigan Gino Jisshu(技能実習 ) tizimi bo’yicha atiga 20 kishi kelgan, xolos. Vaholanki, ushbu viza turlari boyicha Yaponiya turli dunyo davlatlaridan 374.000dan ziyod ishchilarni qabul qilib ulgurgan. Shunday ekan, ushbu raqamlardan Yaponiya hukumati yurtimiz fuqarolariga qaysi viza turlarini eng ko’p berayotganligini yaxshilab ko’rib olish lozim bo’ladi.
 
Yaponiyaga kelishni istaganlar ayniqsa yapon madaniyati va uning jmiayati tuzilmasi haqida yetarli tasavvurga ega bo’lishlari lozim.
- Bu yerda deyarli barcha insonlar yapon tilida so’zlashadi. Shu sababli, ierogliflardan iborat yapon tilini bilish juda ham zarur. Faqat inglizchanigina bilish orqali juda ham kam sonli insonlar bu jamiyatda muvaffaqiyat qozonishgan. Baribir, Yapon tilini o’rganmasangiz bo’lmaydi. Bundan qochish imkoni deyarli nolga teng.
- Mehnat qilish uchun talabalarga odatda haftasiga 28 soat, ta’til paytlari esa 40 soatgacha ishlashga ruhsat beriladi. Undan ortiq emas.
- Yaponiyadagi juda ko’p iqtisodiy sohalar litsenziyalangan bo’lib, osonlik bilan ushbu sohalarga kirish mumkin emas. AQSh kabi iqtisodiy erkinlik va turli millatlardan iborat jonli bozor mavjud emas. Balki, deyarli barchasi yapon bo’lgan va yapon madaniyatiga ko’ra biznes yurituvchi insonlar bo’lgani uchun birdaniga katta boylik orttirish amri-mahol.
- Hujjat soxtalashtirish, qora dori biznesi, o’grilik kabi sharmandali ishlarga aralashib, keyinchalik albatta qamoqqa olinib, og’ir ahvolga tushib qolgan yurtdoshlarimiz ham talaygina. Bunday noqonuniy ishlarni qilishni niyat qilgan bo’lsangiz, yaxshisi kelmay qo’ya qoling.
- Yaponiyada aholi juda zich yashaganligi uchun honadonlar juda ham katta emas. Bundan tashqari chiqindilarni tashlash, sug’urta va telefon pullarini to’lash kabi tartiblar juda aniq yo’lga qo’yilganligi sababli, bunday qattiq intizomli jamiyatga o’rganib ketishga ko’zingiz yetmasa, kelmay qo’ya qoling.
 
⚜️Xullas, yaponlar kabi tartibli, o’zini o’zi yaxshi boshqaradigan(self-discipline), qonunlarga bo’yinsunuvchi va yapon tilini qattiq o’rganish niyati bor yurtdoshlarimizga Yaponiya yaxshi imkoniyatlarni va’da qiladi. Bunday hislatlarga ega bo’lmaganlarga esa kelib o’tirishni maslahat bermaysiz, chunki, aynan shunday hslatlarga ega bo’lmaganligi sababli tarvuzi qo’ltig’idan tushib qaytib ketgan yurtdoshlarimiz talaygina.
 
▫️◽️◻️⬜️Keyingi postimizda “Yaponiyada topish mumkin bo’lgan oylik daromad va xarajat” haqida so’z yuritamiz.

#YaponiyagaKelish
#YaponiyaSadosi
#BirinchiSon

Yaponiyaga kelish haqida o'qish uchun👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​Randoseru (ランドセル)

Yaponiyada boshlang’ich maktab o’quvchilari (1-6 sinflar) RANDOSERU nomli sumkadan foydalanadilar.
Randoseru golland tilidagi “ransel” so’zidan olingan bo’lib xozirgi “ryukzak” ma’nosida ishlatilgan. Lanserlar 200 yil avval Niderlandiyada paydo bo’lgan.

Yaponiyaga birinchi randoserular Edo davrida kirib kelgan va undan harbiylar foydalangan.

Hozirgidek mustahkam randoserular Meiji davrining 20-yillarida paydo bo’lgan. O’sha davrdagi bosh vazir lavozimidagi Xirobumi Ito, imperator Taysyoning maktabga chiqish arafasida unga ilk maktab sumkasini sovg’a qiladi.

Shundan keyin bu randoseru maktablarda ishlatila boshlaydi. Randoseruni yasash materiali sifatida qora teridan foydalanishga qaror qilinadi. Meiji davrining 30-yillariga kelib randoseru o’lchamlari hozirgi davr randoseru o’lchamlaridek qilib belgilanadi. Bu randoserular maktab sumkasi uchun muvofiq deb topiladi va 100 yildan beri shu asosda davom etib kelmoqda.

Randoserular yapon maktab o’quvchilari uchun majburiy emas, lekin shunga qaramay uning qulayligi, bola gavdasi uchun foydaliligini inobatga olib, barcha ota-onalar randoseruni tanlaydilar.

Avvallari randoseru faqat cho’chqa terisidan tikilgan. Xozirga kelib randoserular uchun kimyoviy texnologiyani qo'llash tufayli tabiiy terining tuzilishi va funksionalligini o’zida jam qilgan sun'iy teri- KLARINOdan foydalaniladi. Bu maktab sumkasining chidamliligi, foydalanishda qulayliligi bilan oddiy ryukzaklardan keskin farq qiladi.

Hozirgi davrga kelib ham randoseru popkalarini tayyorlash jarayonining ko’p qismi qo’l mehnatidan iborat. Boshlang’ich maktabda, ya’ni 6 yil randoserudan foydalanganliklari uchun ham, u yuqori sifatli, chidamli, keng va bola tanasi uchun qulay qilib ishlanadi.

Ananaviy yapon oilalari qizlar uchun qizil, o’g’il bolalar uchun qora rangli randoserular tanlashadi. Lekin oxirgi yillarda turli rangdagi randoserular ommalashmoqda: och pushti, moviy rang, binafsha rang, jigarrang va hokazo.

Kun chiqar mamlakatda randoseru narxlari 10000 ¥ (100$) dan 100000 ¥ (1000$) gacha bo’lishi mumkin. Odatda yapon buvi va buvalar o’z nabiralariga maktab sumkasini sovg’a qiladilar. Yaponiyada o’quv yili aprel oyidan boshlanishiga qaramay, yaponlar 1 yil oldin randoseruga buyurtma beradilar. Buyurtma qilinganidan keyin randoseru tayyorlanadi va taxminan 3 oylarda buyurtmachiga yetkaziladi. Yaponiyada tikilgan randoserularga 6 yil kafolat beriladi. Bu orada sumkaning biror joyida nosozlik yuz bersa, buyurtmani bajargan kompaniya randoseruni tuzatib beradi. Tuzatish davomida maktab o’quvchisi sumkasiz qolmasligi uchun, unga vaqtincha bepul randoseru taqdim etiladi.

#QiziqarliYaponiya
#Randoseru
#MaktabSumkasi
#YaponiyaSadosi

Yaponiya haqida qiziqarli faktlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​⁉️Bilasizmi? No. 26
Yaponiyadagi universitetlar soni va undagi talabalar


🎌Yaponiyada 2020 yil Aprel oyi hisobiga ko’ra, 781 ta universitet mavjud. Ularning orasida 82 tasi davlat univeristetlari, 91 tasi viloyatlar idora qiladigan ommaviy universitetlar, 592 tasi esa xususiy universitetlar hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, Yaponiyaning 80% universitetlari xususiy ilm dargohlaridir. Yuqoridagi universitetlarda jami 2437 ta fakultet mavjud.

Hozirda 2.9 million nafar talaba Yaponiyaning universitetlarida tahsil olmoqda. Ulardan 1.29 million nafari qizlardir.

2019 yil statistikasiga ko’ra, maktabni bitirib universitetga kiruvchi talabalar soni barcha maktab bitiruvchilarining 55%ini tashkil qilgan. Qiziqarlisi, qiz bola maktab bitiruvchilarining 58%i hozirda universitetga o’qishga kiradi. O’g’il bolalalarda esa bu ko’rtsatkich salkam 52% ni tashkil etib, qizlrdan hiyol pastroqdir.

💡Eng ajoyibi, Yaponiya universitetlari keyingi yillarda talaba yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda. Xatto, bankrotlikka yuz tutayotgan yoinki yo’q bo’lmaslik uchun o’zaro birlashayotgan universitetlar ham mavjud.

#Bilasizmi
#YaponiyaSadosi
#YaponUniversitetlari

Yaponiyaga oid qiziqarli faktlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​📚Sugoi Hayaoki 3-bob, 2-qism

💡6-turtki. Uxlashdan oldin, mashq qilish

 
📌Erkin bo’lib, tanangiz yengil bo’ladi
 
Shu paytgacha “barvaqt uyg’onishni xohlayman” degan kayfiyatni ko’taradigan turtkilar haqida gaplashdik. Mana shu joyda, sizning his-tuyg'ularingizni yumshatib, sizni erta turishga tayyorlaydigan turtki haqida gaplashamiz. Bu uxlashdan oldin mashq qilishdir.
 
⚜️Men kechki payt albatta mashq qilaman. Mashq qilsangiz, qalbingiz tinchlanib, tabiiy ravishda uyqu keladi. Barvaqt uyg’onish uchun, sifatli uyqu juda ham muhim hisoblanadi. Shu ma’noda, kechasi uxlash vaqtingizdan boshlab, barvaqt uyg’onishga tayyorgarlik boshlash kerak.
 
🔅Men avvaldan, tanam qattiq bo’lib, o’rta maktabdagi paytimdan “gemaroy” ga chalinganligim tufayli, belim tez charchab qoladi. Shu sababli, uxlashdan oldingi vaqtimni tana parvarishiga bag’ishlayman. Mashq vaqti bor yo’g’i 5 minut atrofida, tanani bo’shatish mashqlari bo’lganligi uchun, og’ir va kuchli charchoqlarni sezmaysiz.
 
🌀“Mening holatimda, yotishdan oldin emas, dush qabul qilgandan keyin birdaniga tana mashqlarini qilaman. “Hammomdan chiqishim bilan mashq qilaman” degan kalit buraladi va davom ettirishim oson bo’ladi” deydi janob Tsukamoto.
 
💠Ayniqsa, stulda uzoq vaqt o’tirib ishlaydigan insonlarda bel va yelkaning charchoq his qilishi oson, shunday emasmi? Yotishdan oldingi vaqtingizni tanani bo’shatishga bag’ishlab ko’rishga nima deysiz? Uyquning sifati yaxshilansa, ertasiga tanangiz yengil bo’ladi va bemalol uyqudan uyg’ona olasiz.
 
💡Ammo, trening kabi maxsus vaqt ajratib, uzoq vaqt mashq qilish, aksincha tanangizni charchatib qo’yadi va uxlashingiz qiyinlashadi. Natijada uyquning sifati ham yomonlashadi. Iloji boricha qisqa vaqt ichida, o'rtacha darajada tana mashqini siz ham qilib ko’ring!
 
✍🏻Davomi bor...

Kitobimizning avvalgi qismlari bu yerda👇🏻

🔹1-qism | 🔸2-qism | 🔹3-qism
🔶4-qism | 🔹5-qism | 🔸6-qism
🔹7-qism | 🔸8-qism |🔹9-qism
🔸10-qism | 🔹11-qism | 🔸12-qism
🔹13-qism | 🔸14-qism | 🔹15-qism
🔸16-qism |🔹17-qism |🔹18-qism
🔸19-qism| 🔹20-qism|🔸21-qism
🔹22-qism | 🔸23-qism


#SugoiHayaoki
#YaponiyaSadosi
#KitobTarjima

Yaponcha kitoblar O'zbek tilida👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​📚Sugoi Hayaoki 3-bob, 2-qism
 
✔️5-turtki
 
🔸Yangi narsalarni boshlab ko’rish
 
◎ Ertalab insondagi erkinlik darajasi yuqori bo’lganligi uchun, har qanday yangi narsalarni boshlashga harakat qilib ko’rish mumkin.
 
Inson, har qanday yangi ishni boshlagan vaqtda hayajonlanadi. Mana shunday psixologik tasarlardan barvaqt uyg’onishda foydalanib ko’raylik. Shu kungacha, “qilib ko’rishni istayman” deb o’ylagnsizu, lekin hamon boshlashga imkon bo’lmagan rejalaringiz yo’qmi?
 
⭐️Misol uchun, muskullar bilan ishlash va yugurish, kitob o’qish, til o’rganish va sertifikatlar uchun tayyorgarlikni boshlash kabi. “Qilmasam bo’lmaydi” degan kayfiyat bilan emas, chin yurakdan “qilishni istayman” deb o’ylay oladigan narsani tanlash juda muhim.
 
☘️Hozirgi kunda 24 soat ishlaydigan sport zallari ham ko’p, ertalabdan onlayn ingliz tili kurslari ham juda ko’p bo’lganligi uchun, “qani qilishni boshlayman” deb o’ylasangiz bas, xohlagan vaqtingizda boshlay olasiz. Ertalab, hech kim xalaqt bermaydigan va erkinlik darajasi yuqori bo’lgan payt bo’lganligi uchun, yangi ishlarni boshlash uchun ajoyib vaqtdir.
 
🍀Talabalik paytimda “yangi kitob sotib olsam, albatta ertalab boshlayman” deb qaror qilgan edim. Yangi kitob yoki ma’lumot o’qisam, o’zimni rivojlantiraman degan tuyg’u va umid hissi ortadi.  O’tgan kechasidayoq, keyingi kun ertalab qiladigan ishlarim va rejalarimni aniq belgilab qo’yardim.
 
📕Tez kitobni varaqlab ko’rib, “nechinchi bettan nechinchi betgacha qachon o’qiyman” kabi taxminiy rejalar qilasiz. Keyin, kuvadrat shakldagi stikerga qilmoqchi bo’lgan rejangizni yozib, kitobning betiga yopishtirib qo’yasiz. Mana shu joygacha tayyorlab qo’ysangiz, “tezroq boshlashni istayman!” degan hayajon kuchayadi va ertalab ko’zingiz ochilishi bilan, sakrab o’rningizdan tura oladigan bo’lasiz.
 
Barvaqt uyg’onish  uchun, o’zingizni kuchli majburlash bilan emas, yangi reja va ishlarga harakatni boshlash vaqtidagi kuchli hayajondan to’liq foydalansangiz, yaxshi kayfiyat va quvonch bilan uyg’ona oladigan darajaga yetasiz.


✍🏻Davomi bor...

Kitobimizning avvalgi qismlari bu yerda👇🏻

🔹1-qism | 🔸2-qism | 🔹3-qism
🔶4-qism | 🔹5-qism | 🔸6-qism
🔹7-qism | 🔸8-qism |🔹9-qism
🔸10-qism | 🔹11-qism | 🔸12-qism
🔹13-qism | 🔸14-qism | 🔹15-qism
🔸16-qism |🔹17-qism |🔹18-qism
🔸19-qism| 🔹20-qism|🔸21-qism
🔹22-qism


#SugoiHayaoki
#YaponiyaSadosi
#KitobTarjima

Yaponcha kitoblar O'zbek tilida👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
Yaponiyaga borish sirlari loyihasiga savollar bering👇🏻 javob olasiz!👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​😁#BunisiQiziqarli

😷Yaponiyalik rassom 3-D ramen maskasini ishlab chiqdi.


Yaponiyalik rassom Takahiro Shibataning yuz niqobi tufayli ko'zoynagi parlanib yaxshi ko'rishga to'sqinlik qiladi, - bu esa koronavirus pandemiyasi paytida ko'plab ko'zoynak egalariga tanish bo'lgan muammo.

Ammo Shibata bezovta qiluvchi ta'sirni o'ziga xos san'at asariga aylantirdi. Uning ko'zoynaklari qancha ko'p parlansa, uning "ramen niqobidagi" noodle sho'rvasi shunchalik qizigan va bug'langan bo'lib ko'rinadi.

Dastlab animator va rassom Shibata, COVID-19 dan himoyalanish uchun niqob kiygan ko'plab ko'zoynak taqib yuruvchilarni muammosini hal qilishga kirishadi.

Ammo buning iloji yo'qligini bilgach, u buning o'rniga biroz zavq olishga qaror qiladi.

Ushbu 3D lag'mon niqobi namat va gildan yasalgan bo'lib, unda haqiqiy lag'mon sho'rvasining kosasidagi siz istagan barcha narsalar mavjud. Shibataning burni chashu bilan dimlangan go'sht, yashil piyoz, bambuk kurtaklari va baliq bo'laklari kabilar.

"Odamlarni biroz ko'nglini ko'tarishni" xohlaganini aytgan Shibata, boshqa badiiy asarlari kabi niqobni ham sotmoqchi emas. Garchi o'zi ham uni taqmasa kerak. Chunki "Ramen kosasi" paxta bilan to'ldirilgan va uning vazni o'yinchoq kabi deyarli og'ir shu sababli niqobni taqqanimda o'zimni qulay his qilmayman." deydi rassom.

© Thomson Reuters 2020.

#QiziqarliYaponiya
#Qiziqarli
#RamenMaska
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli ma'lumotlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
⁉️Bilasizmi? No17

Lexus va Toyota aslida bitta kompaniya.


Lexus – Toyotaning Amerika bozori uchun mo'ljallangan maxsus brendi xisoblanadi. Nega Toyota emas Lexus? Chunki Amerikada bitta avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya sotishi mumkin bo’lgan avtomobil soni belgilangan. Shu sababli ham Toyota o’zining alohida brendi sifatida Lexusga asos solgan. Lexus Toyotaga nisbatan qimmat bo’lib, salonlarining shinamligi va motor ot kuchi ko’pligi bilan ajralib turadi. Lekin deyarli hamma Lexus mashinalarining asosi Toyotaning mashinalari xisoblanadi. Ya’ni, Lexus Toyota modellari asosida biroz qimmat va lyuks avtomobil ishlab chiqaradi.
Bundan tashqari, Infiniti ham Nissanning qimmat brendi, Acura esa Hondaning maxsus brendi xisoblanadi.
(Quyida Toyota Harrier va Lexus NX modellarini solishtirib ko’rishingiz mumkin.)


#Bilasizmi
#LexusToyota
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid qiziqarli faktlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
​​⚡️⚡️Yaponiyada qariyalar soni 36 million 170 ming kishiga yetdi

Kuni kecha Yaponiya hukumati tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Yaponiyada 65 va undan yuqori yoshdagi yaponlarning soni joriy oyda rekord darajada 36 million 170 ming kishini tashkil etgani maʼlum qilindi.
Bu koʻrsatkich o'tgan yilga nisbatan 300 ming kishiga ortganini koʻrish mumkin.

Ichki Ishlar va Aloqa Vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, keksalar Yaponiya aholisining 28,7 foizini tashkil etadi. Shuningdek, Vazirlik ma'lumotlariga qaraganda, 65 va undan yuqori yoshdagi erkaklarning soni 15 million 73 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, ayollar soni esa 20 million 44 ming kishini tashkil etadi.
Dunyoning boshqa davlatlari bilan solishtirganda ushbu koʻrsatkich bilan Yaponiya birinchi oʻrinni egalab turibdi.
Keksalar nisbati 23,3 foizdan ancha yuqori bo'lib turgan Italiya 2-oʻrinni, Portugaliyada esa 22,8 foiz boʻlib 3-oʻrinni egallaydi.
“Aholi va Ijtimoiy Ta'minotni Tadqiq Qilish Milliy Instituti”ning ilmiy izlanishlari shuni koʻrsatdiki, Yaponiyaning keksalari 2040 yilga kelib 35,3 foizni tashkil qiladi.


#Statistika
#Jamiyat
#YaponiyaSadosi

Yaponiyaga oid kundalik xabarlar👇🏻
https://t.me/joinchat/AAAAAFAYITyPrvHdJNsAOA
See more posts

View in Telegram