📖 Zohid Fayz Rasmiy kanali

©Zohid Fayzning rasmiy kanalidasiz
boglanish
👇👇👇👇👇
@Zohidjon_7027
Telefonda bog’lanish
📞+998930427027

Recent Posts

#primyera

🎤Sobirjon Abdullayevdan
🎵 SEVMASANG SEVMA 2022

🎹Sobirjon Abdullayev kuyi
Zohid Fayz so'zi
📌 Kanalga ulanish👇👇
@SobirjonAbdullayev
To'y va marosimlar uchun
👇👇👇
+998934990991
+998993924991
@SobirjonAbdullayev
yangi qushiq
Yangi tarona

sher mualifi Zohid Fayz

https://t.me/ZohidFayzSherlari
_______________________________

Yiqilsang turib kiyimingni qoq
Dunyoga teran nigohingla boq
Ko'ngilga umidlar o'chog'ini yoq
Xali xammasi, oldinda do'stim

Xayot ko'chasida adashma-sinma
Mexnat qil, bel-bog'la,lek bir zum tinma
Cho'ntaging bo'shab qolsa siqilma
Xali xammasi, oldinda do'stim

Turmushu-tarzingni bir ramkaga sol
Biznes so'qmog'iga ot-aravangni sol
Eng og'ir kuningdan mativatsiya ol
Xali xammasi, oldinda do'stim

Biznes qil savdo qil lek nimadur qil
Yumshoq to'shaklar seni etar sil
Qalb o'zi eng yaxshi navigator bil
Xali xammasi, oldinda do'stim

Ming yilda bir buyuk tug'ulgan inson
Aslida shu buyuk aslida sensan
So'zimni anglasang agar tushunsdang
Xali xammasi, oldinda do'stim

Yiqilsang turib kiyimingni qoq.....

muallif: #Zohid_Fayz
31.10.2021
https://t.me/ZohidFayzSherlari
Uzbekiston Energetika va Uztransgaz raxbaryatiga Farg'ona viloyati Furqat tumanidan

MAKTUB

Xar jabxada yangilik
Deymiz yana ko'ngil to'q
Yildagi yilmonchilik
Bizda svet va gaz yo'q

Sovuq chaqar ox yomon
Taraqqiyotli zamon
Kerakmas quruq farmon
Bizda svet va gaz yo'q

Bu yil qish xam qaxraton
Na qilishga dil xayron
Na qilamiz Kotakon
Bizda svet va gaz yo'q

Sizdan shuni so'raymiz
Gaz svetni pullaymiz
Yoqib bering to'laymiz
Bizda svet va gaz yo'q

Xalqqa vada o'q otmang
Qarg'ish sharobin totmang
Iltimos chetga sotmang
Bizda svet va gaz yo'q

Zohidni bilmang yamon
Bo'g'zga tiqildi jon
Ey Poytaxtlik qadirdon
Bizda svet va gaz yo'q

Zohid Fayz

👇👇👇👇👇👇👇👇
@ZohidFayzSherlari
yangilari oldinda
#qizlarini_uzatgan_ota

Poloponlar uchdi chirqirab
O'z uyiga kuzatgan ota
Ko'zlaridan yoshini artib
Qizlarini uzatgan ota

Ko'ngli nozik xattoki xasdan
Sog'inadi uch kun o'tmasdan
Bo'yi yetsa berkitolmasdan
Qizlarini uzatgan ota

Izlaridan ko'z uzolmaydi
Na bir og'iz so'z deyolmaydi
Osonlikcha ko'nikolmaydi
Qizlarini uzatgan ota

Mayus qolar jim ostonada
Xoli qolmas jismi tanada
Yig'lab-yig'lab olar panada
Qizlarini uzatgan ota

Qiz qismati shu ekan netay
Yelkangizga yelkamni qaday
Ayting sizni qanday ovutay
Qizlarini uzatgan ota

©Zohid Fayz
👇👇👇👇👇👇👇👇
@ZohidFayzSherlari
assalomu alaykum bizning faoliyatimiz vaqtincha tuxtatilgan edi bugundan boshlab Inshaolloh qayta boshlaymiz qo'llab quvatlaysizlar degan umiddaman kanal obunachilari biroz kamaygan lek xarakat qilamiz eski xolatga olib chiqishga
Dilimda yo'q xalovat
Tiyilsa kulgularing
Tugab bitar bor toqat
Arazlagan kunlaring !

Ko'rmoq uchun kishing yo'q
Boray desam xushing yo'q
Dunyo bilan ishing yo'q
Arazlagan kunlaring !

Qalbimni dard nimtalar
Ayriliq kuyin chalar
Bo'shab qolar ko'chalar
Arazlagan kunlaring !

Qaytmasang gar shashtingdan
Do'ldaman ko'z ashkingdan
Ozordaman dastingdan
Arazlagan kunlaring !

Yurak yonar ishq gulxan
Ozordaman yana man
Seni ko'proq sevaman
Arazlagan kunlaring!

Dilimda yo'q xalovat
Tiyilsa kulgularing
Tugab bitar bor toqat
Arazlagan kunlaring !

Zohid Fayz


https://t.me/ZohidFayzSherlari
@ZohidFayzSherlari
#charchadim

Izlab mendan kamu-ko'st
Ilondayin tashlab po'st
Soxta salom, soxta do'st
Insonlardan charchadim

Charchadim xanjarlardan
Ko'ksimni yancharlardan
Tinmay tig' sancharlardan
Ozorlardan charchadim

Dilimda dard quturgan
Bir o'pib bir tupurgan
Farishtaman deb yurgan
Shaytonlardan charchadim

Jonim der jon olguncha
Kissa pulga to'lguncha
Narxi arzon oyimcha
Makkorlardan charchadim

Qanday qilarlar jurat
Ortimdan to'qib g'iybat
Dard devorim qatma-qat
Xasratlardan charchadim

Zohid Fayziy nomimni
Bulg'aydilar shonimni
Ko'rolmaslar borimni
To'xmatlardan charchadim

Nafrat tugub diliga
Boqmay o'ngu-so'liga
Ko'z yoshlarim do'liga
Muxtojlardan charchadim

Izlab mendan kamu-ko'st
Ilondayin tashlab po'st
Soxta salom, soxta do'st
Insonlardan charchadim


© Zohid Fayz

https://t.me/ZohidFayzSherlari
Assalom azizlar Bizni yuqotib qo'yma meni sherimiz taronaga aylangan va u Uzbek filmi Muxabbat restorani filimiga santrekt bo'lganligini malum qilamiz tinglaymiz baxo beramiz

Ijroda Sabo Ansambli 😊
Ko'nib Bo'ldim nomli qo'shig'imizga klip Primyera Muloqot Tv Telekanalida SMS chat dasturida soat 16:00 dan bowlanadigan kechki dasturlarida Albatta tomosha qiling Bizni kuzatishda davom eting Tez kunlarda esa Namangan Televidenyasi orqali xam Efirga beramiz
Кушигимиз яни шеримизга килиншан тарона Энди телвидиня оркали намоиш етилади
#toylar_muborak_bulsin

Yarim kongillar to'lsin
Dilda muxabbat unsin
Qutlug' kelin-kuyovlar
To'ylar muborak bo'lsin

Yillab sinalganlarga
Sevib siylanganlarga
Ishqlar oldi alanga
To'ylar muborak bo'lsin

Uyda yig'ilgan mexmon
Ushatilgan shirmoy non
Baxtli laxza go'zal on
To'ylar muborak bo'lsin

Biringiz dersiz tog'im
Biringiz dil ardog'im
Juft aylabdi Allohim
To'ylar muborak bo'lsin

Yangi qo'rg'on yosh avlod
Muxabbatla dil obod
Sabr uchun mukofot
To'ylar muborak bo'lsin

©Zohid Fayz


@ZohidFayzSherlari
Bu xayotning pastu-balant so'qmog'i ko'p
Turmush degan tashvishni ox to'qmog'i ko'p
Bevafoning davosi yo'q, vafosi yo'q
Sadoqatli inson bilan oila quring!

Sevdim demang, kuydim demang, bir kun o'tar
Dil degani kuya-kuya majbur ko'nar
Ro'zgoringiz but bo'ladi, to'kis bo'lar
Sadoqatli inson bilan oila quring!

Deydilarga bozor ko'rgan echki ayyor
Yo'ldan urar shaytonga xam yumush tayyor
Bu boshda ex to'qchilik bor, yo'qchilik bor
Sadoqatli inson bilan oila quring!

Pir deb bilsin, padar desin otangizni
Ranjitmasin nuridiyda onangizni
Baxt bezasin bezasa gar xonangizni
Sadoqatli inson bilan oila quring!

Ko'rdik do'stlar o'z tanasin sotganlarni
Qaboxatga bo'ynigacha botganlarni
Yori qolib o'zga bilan yotganlarni
Sadoqatli inson bilan oila quring!

Shirin bo'lsin toabadga dil qandingiz
Qaddingizdan baland bo'lsin ex qadringiz
Poklik bilan bunyod bo'lsin farzandingiz
Sadoqatli inson bilan oila quring!

@Zohid_Fayz
👇👇👇👇👇👇👇
@ZohidFayzSherlari
See more posts